KM Studio Pro
Google Flow'da promptlarni navbat bilan yuboradi va natijalarni to'g'ri nom bilan o'zi yuklab oladi. Google cheklasa — kutadi, sekinlashadi, keyin sizdan so'raydi. KM Montaj esa o'sha fayllardan bir tugmada tayyor video yig'adi.
🎁 Google bilan birinchi kirishda — 3 kun Pro tekin, KM Montaj ham · karta so'ralmaydi · bir marta
🧩 O'rnatish (Chrome Web Store)
Tarif va muddatni tanlang
Ikki tarif: 💎 Pro — kengaytma; 🎬 Pro + Montaj — kengaytma va KM Montaj dasturi. Har birida 4 muddat, farqi — muddat va narx.
Kengaytmaning barcha 💎 Pro funksiyalari: 2K/4K upscale, fonda upscale, parallel rasm, galereya ZIP, avto-qayta, ustuvor yordam.
⚠️ Server bilan aloqa bo'lmadi — oxirgi ma'lum narxlar ko'rsatilmoqda. To'lovdagi aniq summani server beradi.
🔁 Avto-uzaytirish yo'q➕ Oldinroq uzaytirsangiz — muddat ustiga qo'shiladi 🎬 Pro'dan Pro + Montaj'ga o'tsangiz — Pro'ning qolgan kunlari yo'qolmaydi↩️ Pulni qaytarish shartlari
Bepul, 💎 Pro va 🎬 Pro + Montaj
Kengaytma qatorlari serverdagi amaldagi sozlamadan to'ldiriladi — kengaytmada ko'rganingiz bilan bir xil. Pro + Montaj'da Pro'ning hammasi bor, ustiga KM Montaj dasturi.
| Imkoniyat | Bepul | 💎 Pro | 🎬 Pro + Montaj |
|---|---|---|---|
| Prompt soni hammaga | cheksiz | cheksiz | cheksiz |
| 6 rejim, navbat, pauza, dan–gacha, fayl nomi, start-kadr juftlash, skaner, import hammaga | ✓ | ✓ | ✓ |
| Bir promptdan natija hammaga | x1–x4 | x1–x4 | x1–x4 |
| CSV hisobot hammaga | ✓ | ✓ | ✓ |
| Sifat: rasm · video | 1K · 720p | 2K/4K · 1080p/4K* | 2K/4K · 1080p/4K* |
| Upscale fonda keyingi prompt kutmaydi | — | ✓ | ✓ |
| Bir vaqtda rasm | 1 | standart 2 | standart 2 |
| Galereyani ZIP | — | ✓ | ✓ |
| Xato promptlarni avto-qayta yuborish | — | ✓ | ✓ |
| Ustuvor yordam | — | ✓ | ✓ |
| 🎬 KM Montaj — Windows dasturi | |||
| Raqamli fayllardan bir tugmada tayyor video 1.jpeg · 1.mp4 · 1.wav → MP4 | — | — | ✓ |
| Subtitr (10 uslub), 34 xil o'tish, Ken Burns | — | — | ✓ |
| Musiqa ovoz ostida pasayadi, −14 LUFS, logo | — | — | ✓ |
| YouTube 16:9 (1080p/1440p) · Reels 9:16 video karta bo'lsa tezroq | — | — | ✓ |
| 🎙 AI ovoz tekin (Microsoft Edge) yoki sifatli — o'z OpenRouter kalitingiz bilan | — | — | ✓ |
| Kompyuterlar bitta hisobga | — | — | 2 ta |
| Internetsiz ishlash oxirgi tekshiruvdan keyin | — | — | 3 kungacha |
* 1080p uchun Google AI obunasi, 4K uchun Ultra kerak — bu Google tarifi, KM Studio narxiga kirmaydi. KM Montaj alohida sotilmaydi — faqat Pro + Montaj tarifida va tekin sinovda.
Qanday to'lanadi
To'rt qadam. Tasdiq odatda bir necha daqiqada keladi.
- Tarifni tanlang
💎 Pro yoki 🎬 Pro + Montaj, keyin muddat — «Sotib olish». Kengaytmadagi «💎 Pro» tugmasidan kelsangiz, emailingiz o'zi tanilgan bo'ladi.
- Emailni yozing
Obuna shu emailga ochiladi — kengaytmada va KM Montaj'da AYNAN shu Google hisobi bilan kirasiz.
- Aniq summani o'tkazing
Sahifa har to'lovga noyob summa beradi (narxdan bir necha so'm farq qiladi). Bank ilovasidan ko'rsatilgan karta raqamiga AYNAN shu summani o'tkazing — to'lov shu raqam bo'yicha taniladi.
- «✅ To'ladim» ni bosing
Sahifa holatni o'zi kuzatadi va obuna ochilganini ko'rsatadi. Kengaytmada shu email bilan kiring — «💎 Pro» ko'rinadi; KM Montaj'da ham shu hisob bilan «Google bilan kirish».
Pul yuborgan bo'lsangiz — pul yo'qolmaydi: @KMStudioPro_bot ga chek rasmini yuboring, obuna qo'lda ochiladi. So'rov 20 daqiqa ochiq turadi: shu vaqt ichida pul kelsa obuna o'zi ochiladi. 20 daqiqadan keyin to'lagan bo'lsangiz — chek yuboring yoki adminga yozing (@Olimov_Behzod), obuna qo'lda ochiladi.
Tekin kunlar kodi: havola bilan berilgan bo'lsa — havolani oching va «Faollashtirish» ni bosing (kunlar kengaytmada kirgan hisobingizga qo'shiladi); yoki kengaytmada «🔗 Telegramni ulash» → @KMStudioPro_bot da «🎁 Promokod». Chegirma kodi — tariflar ostidagi «Chegirma kodi» maydoniga yozing. Har kod bitta hisobga bir marta ishlaydi; tekin kunlar joriy muddat ustiga qo'shiladi.
Muddat tugasa hisob bepulga qaytadi, sozlamalar saqlanadi. Karta ma'lumotlaringiz serverimizga kelmaydi. Batafsil — sotuv va qaytarish shartlari.
Nima qiladi
100+ promptni bir marta qo'yasiz — o'zi ketma-ket yuboradi, pauza va davom ettirish bor.
Natijalar 1.mp4, 2.mp4 … deb tushadi — montajga tayyor, qayta nomlash kerak emas.
Start-kadr avtomatik biriktiriladi, sahna raqami bilan mos keladi.
Referens varaqlari nomi bo'yicha o'zi biriktiriladi.
Flow «unusual activity» desa, KM Studio uni chetlab o'tmaydi: Flow so'raganicha kutadi, parallelni 1 ga tushiradi, takrorlansa navbatni pauzaga qo'yib sizdan so'raydi.
🎬 KM Montaj — montaj bir tugmada
Windows dasturi. Flow va KM Studio'dan tushgan raqamli fayllarni o'zi taniydi va tayyor MP4 yig'adi.
7.jpeg + 7.mp4 + 7.wav — bitta sahna. Tushib qolgan sahna va buzuq faylni montajdan oldin ko'rsatadi.
10 uslub; matn senariydan olinadi, vaqti ovozga moslanadi. SRT fayl ham.
Rasmlarga Ken Burns, qisqa klipni silliq sekinlashtirish, 34 xil o'tish.
Musiqa gap paytida pasayadi, balandlik YouTube standartida (−14 LUFS).
Pro + Montaj obunasi yoki 3 kunlik tekin sinov · bitta hisob — 3 ta kompyuter · Windows 10/11. Batafsil, qo'llanma va yuklab olish →