KM StudioBatch studio · Google Flow
KM Studio oilasidan · Windows 10/11

KM Montaj

Raqamlangan rasm, klip va ovozlaringizdan bir tugmada tayyor video — subtitr, o'tishlar, musiqa va effektlar bilan, YouTube yoki Reels uchun.

O'rnatuvchi yoki portativ ZIP · Windows 10/11 (64-bit)

🔑 Kerak: Pro + Montaj obunasi — oyiga 57 500 so'mdan yoki Google bilan birinchi kirishda 3 kunlik tekin sinov. Bitta hisob — 3 ta kompyuter.

O'rnatish yo'riqnomasi ↓Windows ogohlantirsa ↓Savol-javob

KM Montaj: chapda bo'limlar (Loyiha, Ovoz, Subtitr, Ko'rinish, Musiqa, Chiqarish), markazda tekshirilgan loyiha, pastda «Montajni boshlash» tugmasi
Yangi versiya · v0.5.0

Endi video o'zi «tirik» chiqadi

0.5.0 da montaj nafaqat yig'adi — tomoshabinni ushlab turadigan effektlarni ham o'zi qo'yadi.

💬 Avto subtitr

Matn sahnaga qarab bo'linadi, vaqti har sahna ovoziga moslanadi.

📱 Reels xavfsiz zonasi

9:16 da subtitr va logo Instagram tugmalari ostida qolmaydi.

🔊 Avto SFX

O'tish va urg'u joylariga yumshoq ovoz effektlari o'zi qo'shiladi.

🎚 Janr o'tishlari

Janrga mos o'tishlar — kesim musiqa zarbiga tushadi.

🔍 Urg'u zoomi

Muhim jumlada kadr sezilar-sezilmas yaqinlashadi.

📈 Retention to'plami

Progress chizig'i, oxirgi karta va muqova-kadr.

⚡ × da qotmaydi

Oynani yopganda dastur qotmaydi — jarayon tez va xavfsiz to'xtaydi.

🎞 Hammasi avvalgidek

Ken Burns, 34 o'tish, 10 subtitr uslubi, −14 LUFS, video karta bilan kodlash.

3 qadam

Papka — tekshiruv — tayyor video

Montajning zerikarli qismi — sahnalarni joylash, uzunlikni ovozga moslash, subtitr va musiqa — dasturda.

Qo'lda montaj
soatlab
  • har sahnani timeline'ga sudrash
  • uzunlikni ovozga moslash, subtitrni qo'lda yozish
  • musiqa balandligini quloq bilan tutish
KM Montaj bilan
bir necha daqiqa
  • papkani tanlaysiz — dastur tekshiradi
  • subtitr, o'tish, SFX, musiqa — avtomatik
  • render paytida siz keyingi videoni tayyorlaysiz
  1. Fayllarni raqam bilan nomlang

    1.jpeg, 1.mp4, 1.wav — bitta sahna. KM Studio natijalarni aynan shunday raqamlab yuklab oladi.

  2. Papkani tanlang

    Dastur sahnalarni sanaydi va tushib qolgan raqam, ovozsiz sahna, buzuq faylni montajdan OLDIN ko'rsatadi.

  3. «Montajni boshlash»

    Sozlamalarni bir marta tanlaysiz — MP4, xohlasangiz SRT, YouTube bo'limlari va muqova tayyor bo'ladi.

Imkoniyatlar

Nima qiladi

🔢 Raqam qoidasi

7-IMAGE-….jpeg, 7-VIDEO.mp4, 7.wav — 7-sahna. Klip bo'lsa rasm o'rniga ishlatiladi, sahna uzunligi — ovoz uzunligi.

🎞 Ken Burns va klip

Rasmlar yaqinlashadi, uzoqlashadi yoki suziladi; ovozdan qisqa klip silliq sekinlashtiriladi.

✨ 34 xil o'tish

Sahnalar orasida o'tish yoki «Tasodifiy» — yumshoqlaridan; uzunligi sozlanadi.

💬 Subtitr — 10 uslub

Klassik, quti, reels, karaoke, sariq, kino, neon, pop, lenta, minimal. Matn senariydan, vaqti ovozga moslanadi; SRT ham.

🎵 Musiqa va balandlik

Fon musiqa gap paytida o'zi pasayadi, boshida va oxirida silliq; yakuniy balandlik YouTube standartida (−14 LUFS).

🏷 Logo, bo'limlar va muqova

Logotip istalgan burchakda; tavsif uchun «0:00 …» YouTube bo'limlari fayli va muqova kadri (1280×720, Reels uchun 1080×1920).

🎙 AI ovoz (ixtiyoriy)

Ovoz fayllari yo'q bo'lsa — diktor matnidan yaratadi: tekin (Microsoft Edge ovozlari, o'zbekcha ham) yoki sifatli (Gemini, o'z OpenRouter kalitingiz bilan). Qanday?

🖥 Format

YouTube 16:9 — 1080p yoki 1440p; Reels / Shorts 9:16 — 1080×1920; 24–60 kadr/s.

⚡ Video karta bilan kodlash

NVIDIA, Intel yoki AMD video kartasi bo'lsa o'zi ishlatadi; ishlamasa protsessorga o'tadi.

🖼 Kadrga moslash

Nisbati boshqa rasm kesiladi yoki xira fon ustiga to'liq joylanadi — avtomatik tanlanadi.

🔍 Oldindan tekshiruv

Tushib qolgan sahna, ovozsiz sahna, kichik rasm, qisqa klip, buzuq fayl — sahna raqami bilan.

🔒 Hammasi kompyuteringizda

Fayllar hech qayerga yuklanmaydi; internet faqat obunani tekshirish uchun kerak.

Subtitr sozlamalari va namuna
Subtitr: uslub, shrift, ranglar va joy — namuna darhol ko'rinadi
O'tish effektlari galereyasi
34 xil o'tish — har birining namunasi bilan
Tizim talablari

Oddiy kompyuterda ham ishlaydi

TizimWindows 10 / 11, 64-bit
Video kartaShart emas — NVIDIA, Intel yoki AMD bo'lsa tezroq
DiskDastur va videolar uchun bo'sh joy
InternetFaqat obuna tekshiruvi — 3 kungacha oflayn
Kim foydalana oladi

Pro + Montaj obunasi bilan

KM Montaj alohida sotilmaydi — u kengaytmaning Pro funksiyalari bilan bitta obunada.

  • Pro + Montaj obunachilari — kengaytmaning barcha 💎 Pro funksiyalari va KM Montaj.
  • Tekin sinov — Google bilan birinchi kirishda 3 kun to'liq mahsulot, KM Montaj ham. Karta so'ralmaydi.
  • Bitta hisob — 3 ta kompyuter. Kengaytma bilan bitta Google hisob.
  • Internet faqat obunani tekshirish uchun — keyin 3 kungacha internetsiz ishlaydi.
  • Oddiy 💎 Pro tarifiga KM Montaj kirmaydi. Pro'dan Pro + Montaj'ga o'tsangiz — Pro'ning qolgan kunlari yo'qolmaydi.
  • 🎙 AI ovoz — tekin variant bepul; sifatli variant o'z OpenRouter kalitingiz bilan, taxminan $0.18 / 10 daqiqa (OpenRouter'ga, KM Studio'ga emas).
  • Faqat Windows 10/11 (64-bit) — macOS va Linux versiyasi yo'q.
🎬 Pro + Montaj · oyiga
57 500 so'mdan

1 oy — 89 000 so'm · 1 yil — 690 000 so'm. Avto-yechish yo'q.

Narxlar va to'lov →
Qo'llanma

Qadam-baqadam

O'rnatishdan tayyor videogacha. Savolingiz topilmasa — yordam markazi yoki @KMStudioPro_bot.

1. Yuklab olish va o'rnatish

Ikki variant bor — natija bir xil:

  • O'rnatuvchi (KM_Montaj_Setup_<versiya>.exe) — tavsiya etiladi. Faqat sizning Windows foydalanuvchingiz uchun o'rnatiladi, administrator huquqi so'ralmaydi; Boshlash menyusida «KM Montaj» paydo bo'ladi.
  • Portativ ZIP (KM_Montaj_<versiya>.zip) — o'rnatishsiz. Arxivni istalgan papkaga to'liq chiqaring (masalan D:\KM Montaj) va km_montaj.exe ni oching. ZIP ichidan to'g'ridan-to'g'ri ochmang: yonidagi engine, ffmpeg va fonts papkalari kerak.
⚠️ Chrome «Shubhali yuklab olish bloklandi» deyishi mumkin

Chrome yangi va hali raqamli imzosiz dasturlarni shunday to'xtatadi — bu faylda virus borligini emas, uni hali kam odam yuklaganini bildiradi. Faylni saqlab qolish:

  1. Ctrl + J ni bosing — «Yuklab olishlar» sahifasi ochiladi.
  2. KM_Montaj_Setup_…exe qatorida «Shubhali faylni yuklab olish» (Download suspicious file; ba'zi versiyalarda Keep / «Saqlash») tugmasini bosing va tasdiqlang.
  3. Faylni oching — Windows ogohlantirsa, pastdagi yo'riqnoma.

Bu bir martalik: 0.5.9 va undan yangi versiyalar keyingi yangilanishlarni dasturning o'zida yuklab o'rnatadi — brauzer va bu ogohlantirishlar kerak bo'lmaydi. Faqat shu sahifadagi tugmadan yuklang.

⚠️ Windows «Kompyuteringiz himoyalandi» deyishi mumkin

KM Montaj hali raqamli imzo (code signing sertifikati) bilan imzolanmagan. Windows SmartScreen imzosiz yangi dasturlarning hammasida shunday ogohlantiradi — bu dasturda virus borligini emas, nashriyotchi tasdiqlanmaganini bildiradi.

  1. Oynadagi «Qo'shimcha ma'lumot» havolasini bosing (inglizcha Windows'da More info, ruschada Подробнее).
  2. Paydo bo'lgan «Baribir ishga tushirish» tugmasini bosing (Run anyway / Выполнить в любом случае).

Bu faqat birinchi ochishda so'raladi. Dasturni faqat shu sahifadan yuklab oling. Antivirus faylni to'xtatsa, uni istisnolarga qo'shing yoki @KMStudioPro_bot ga yozing.

Talablar: Windows 10 yoki 11 (64-bit), dastur va videolar uchun diskda bo'sh joy. Video karta shart emas — bo'lsa kodlash tezroq.

2. Kirish: extension bilan bitta Google hisob

  1. Dasturni oching va «Google bilan kirish» ni bosing.
  2. Brauzer ochiladi — extension'da ishlatadigan aynan o'sha Google hisobini tanlang. Parolni faqat Google o'z sahifasida so'raydi, dastur uni ko'rmaydi.
  3. Tugagach dasturga o'zi qaytasiz va obuna tekshiriladi.
  • «Pro obuna kerak» chiqsa — bu hisobda Pro + Montaj ham, sinov ham yo'q: tarifni oling, keyin dasturda qayta tekshiring. Boshqa hisob bilan to'lagan bo'lsangiz — «Boshqa hisob bilan kirish».
  • 3 ta kompyuter. To'rtinchisida «Kompyuterlar limiti» chiqadi — ro'yxatdan keraksizini «Uzish» (7 kunda 3 martagacha).
  • Internet. Dastur ochilganda va ish davomida obunani tekshiradi; internet bo'lmasa oxirgi tekshiruvdan keyin 3 kungacha ishlaydi (obuna muddatidan oshmaydi). Kompyuter soatini orqaga surmang — litsenziya to'xtaydi.
KM Montaj kirish oynasi — «Google bilan kirish» tugmasi
Kirish oynasi

3. Fayllarni tayyorlash

Sahna raqami fayl nomining boshida turadi. Bir raqamli fayllar — bitta sahna:

FaylNima bo'ladi
7.jpeg · 7-IMAGE-Bozor.jpeg7-sahna rasmi (jpg, png, webp) — Ken Burns harakati bilan
7.mp4 · 7-VIDEO.mp47-sahna klipi — rasm o'rniga (mp4, mov, webm, mkv, m4v)
7.wav · 7.mp37-sahna ovozi — sahna uzunligi shu ovozga teng (wav, mp3, m4a, aac, ogg, flac, opus)
bgm.mp3 · musiqa.mp3fon musiqa — nomida bgm, music, musiqa yoki fon bo'lsa o'zi topiladi
ovoz_matn.txt · segments/*.jsondiktor matni — AI ovoz va subtitr uchun (4–5-bo'limlar)
Loyiha/
├─ 1-IMAGE-Bozor.jpeg
├─ 1.wav
├─ 2-IMAGE-Karvon.jpeg
├─ 2-VIDEO.mp4        ← 2-sahnada klip rasm o'rniga
├─ 2.wav
├─ bgm.mp3            ← fon musiqa
└─ ovoz_matn.txt      ← 1. … 2. … (ovoz va subtitr matni)
  • Raqam 1–3 xonali: 7, 07, 007_, 7-IMAGE… — hammasi 7-sahna. Sana, 1080p yoki uzun raqamlar sahna deb olinmaydi.
  • Fayllar bitta papkada yoki rasmlar/, videolar/, ovozlar/ ichida bo'lishi mumkin. Bir raqamga bir nechta fayl bo'lsa — o'z papkasidagisi va _v2, (1) kabi nusxa bo'lmagani olinadi.
  • E'tiborga olinmaydi: thumb/, characters/, referense/, videorasmlar/ papkalari; nomida muqova, thumbnail, cover, poster, banner yoki reference bo'lgan fayllar; raqamsiz va bo'sh fayllar. Tekshiruvda ular sababi bilan alohida ro'yxatda ko'rinadi.
  • Bitta uzun ovoz. Butun senariy bitta audio faylda bo'lsa — «Ovoz» bo'limidagi «Bitta uzun ovoz» dan tanlang: dastur uni jimlik joylaridan sahnalarga bo'ladi. Eng aniq natija — har sahnaga alohida ovoz fayli. Ovoz umuman yo'q bo'lsa — 🎙 AI ovoz (4-bo'lim).
  • Papkani tanlaganingizda (yoki oynaga sudrab tashlaganingizda) dastur tekshiradi. Fayl qo'shsangiz — qayta tekshiring.
Loyiha tekshiruvi: sahnalar, ovoz uzunligi va muammolar ro'yxati
Tekshiruv: har sahna, uning fayllari va muammolari

4. 🎙 AI ovoz yaratish: tekin va sifatli

Sahna ovozlari yo'q bo'lsa, dasturning chapdagi «Ovoz» bo'limi ularni diktor matnidan o'zi yaratadi. Fayllar <loyiha>/ovozlar/1.wav, 2.wav … bo'lib tushadi va montaj ularni o'zi ishlatadi; mavjud ovoz fayllari qayta yozilmaydi. «Ovoz yaratish» ham montaj kabi faol litsenziya (Pro + Montaj yoki sinov) bilan ishlaydi.

🆓 TekinMicrosoft Edge ovozlari
  • O'zbekcha: Madina (ayol) va Sardor (erkak); rus, ingliz va boshqa tillar ham bor.
  • Kalit ham, to'lov ham kerak emas; tezligini sozlash mumkin.
  • Tekin xizmat: sifati soddaroq, ba'zan sekin ishlashi yoki vaqtincha ishlamasligi mumkin.
✨ Sifatli (API)OpenRouter · Gemini 3.8
  • 30 ta ifodali ovoz va uslub (masalan Narration, Podcast, Friendly yoki o'zingiz yozgan qisqa inglizcha tavsif).
  • Taxminan $0.18 — 10 daqiqa ovoz ($5 ≈ 4.5 soat); pulni OpenRouter'ga o'zingiz to'laysiz, KM Studio'ga emas.
  • O'z OpenRouter kalitingiz kerak — pastdagi qadamlar.

Ishlatish: chapdagi «Ovoz» bo'limi → 1. Matn — raqamlangan matnni qo'ying → 2. Ovoz — variant va ovozni tanlang (▶ bilan tinglab ko'ring) → 3. Yaratish — dastur sahnalar sonini va sifatli variantda taxminiy narxni ko'rsatadi → «Ovoz yaratish». Jarayon pastki panelda ham ko'rinadi — shu orada boshqa bo'limlarni sozlash mumkin.

Ovoz matni — raqamlangan ro'yxat

Promptlaringizni yozgan AI'dan diktor matnini raqamlab yozib berishini so'rang — har raqam bitta sahna:

1. salom men keldim
2. ha yaxshi zo'r bo'libdi
  • Raqam = sahna raqami (1.jpeg / 1.mp4 bilan mos).
  • Matnni «Ovoz» bo'limidagi 1. Matn maydoniga joylang yoki loyiha papkasiga ovoz_matn.txt qilib saqlang.
  • Shu matn subtitr uchun ham ishlatiladi.

AI'ga shunday yozing:

Har sahna uchun diktor matnini raqamlab yoz: 1. … 2. … — faqat matn, izohsiz.

Sifatli variant: OpenRouter kalitini olish va ulash

  1. openrouter.ai ga kiring — Google hisobi bilan ham bo'ladi.
  2. Credits → hisobni karta bilan to'ldiring. Odatda xalqaro Visa yoki Mastercard kartalari ishlaydi; mahalliy Humo va Uzcard kartalari ishlamaydi. Kriptovalyuta bilan ham to'lash mumkin.
  3. Keys → «Create key». Kalitga kredit limiti qo'yishni tavsiya qilamiz — kalit begona qo'lga tushsa ham sarf shu limitdan oshmaydi.
  4. Chiqqan sk-or-v1-… kalitni nusxalang.
  5. KM Montaj'da «Ovoz» bo'limi → «Sifatli» → kalitni joylang → «Saqlash va tekshirish».
  6. Ovoz (30 ta) va uslubni tanlang → «Ovoz yaratish» → taxminiy narxni ko'rib, «Boshlash».

Maxfiylik: tekin variantda diktor matni Microsoft'ning ovoz xizmatiga, sifatli variantda to'g'ridan-to'g'ri OpenRouter va Google'ga, ularning shartlari asosida yuboriladi — KM serverlariga hech narsa ketmaydi. OpenRouter kaliti faqat kompyuteringizda, shifrlangan holda saqlanadi.

«Ovoz» bo'limi: variant, ovoz va uslub tanlash, taxminiy narx
«Ovoz» bo'limi: variant, ovoz, uslub va taxminiy narx

5. Subtitr

Chapdagi «Subtitr» bo'limida kalitni yoqing (namuna darhol ko'rinadi) va natijani tanlang: videoga yozish (kuydirilgan) va/yoki SRT fayl — YouTube'ga alohida yuklash uchun (YouTube Studio → Subtitrlar → Fayl yuklash).

Matn loyiha papkasidan o'zi topiladi:

  • ovoz_matn.txt yoki senariy.txt — raqamlangan ro'yxat (1. … 2. …, namuna);
  • segments/*.json — KM Studio yoki senariy JSON'i (text va scene maydonlari);
  • 7.txt — har sahnaga alohida matn fayli;
  • .srt fayl — o'z vaqtlari bilan.

Yoki matn faylini o'zingiz tanlang. TTS teglari ([sigh], <short pause>) olib tashlanadi. Vaqt har sahna ovoziga moslanadi, jimlik joylari hisobga olinadi — internet ham, AI ham kerak emas.

  • klassik — oq matn, qora kontur
  • quti — shaffof quti ustida
  • reels — katta harf, bir qator, faol so'z rangli
  • karaoke — so'zlar aytilishi bilan bo'yaladi
  • sariq — sariq matn, qalin kontur
  • kino — kichikroq, yumshoq soya
  • neon — ko'kish nur
  • pop — bo'lak «sakrab» chiqadi
  • lenta — rangli lenta ustida to'q matn
  • minimal — ingichka, kichik, soyali

Har uslubda shrift, o'lcham, joy (pastda, o'rtada, tepada va siljitish), matn, urg'u, kontur va fon ranglari, fon shaffofligi, katta harf, qatordagi so'zlar va qatorlar soni, animatsiya (pop, fade, slide) sozlanadi.

Faol so'z (reels, karaoke) vaqti ovoz uzunligidan hisoblanadi — nutq so'zma-so'z tanilmaydi, shuning uchun biroz farq qilishi mumkin.

Subtitr sozlamalari: uslub, shrift, ranglar va namuna
Subtitr sozlamalari va namuna

6. Sozlamalar

Sozlamalar keyingi ochilishda eslab qolinadi. Har biri chapdagi o'z bo'limida: «Ko'rinish» — format, sifat, kadr tezligi, rasm harakati, o'tishlar va logo; «Musiqa» — fon musiqa; «Chiqarish» — saqlash joyi, fayl nomi, bo'limlar, muqova va kodlash; «Ovoz» — ovozsiz sahna uzunligi va bitta uzun ovoz. Montaj tugmasi va jarayon pastki panelda — qaysi bo'limda bo'lsangiz ham ko'rinib turadi.

SozlamaVariantlar
FormatYouTube 16:9, Reels 9:16 yoki «Avto» — ko'pchilik fayllar yo'nalishi bo'yicha
Sifat16:9 — 1080p yoki 1440p (2K); 9:16 — har doim 1080×1920
Kadr tezligi24, 25, 30 yoki 60 kadr/s
Rasm harakatiyaqinlashish, uzoqlashish, chapga yoki o'ngga suzish, ketma-ket, tasodifiy yoki harakatsiz; kuchi sozlanadi
Sahnalar orasida34 xil o'tish yoki «Tasodifiy»; uzunligi sozlanadi
Kadrga moslashavto, kesish, xira fon yoki to'liq
Fon musiqabalandligi; boshida va oxirida silliq kirish-chiqish
Boshlanish va tugashqoradan chiqish / qoraga kirish
Logoburchak, o'lcham (kadr kengligining 4–30%), shaffoflik
Kodlash«Avto»: NVIDIA, Intel yoki AMD video kartasi; ishlamasa — protsessor (x264)
YouTube bo'limlari<nom>_bolimlar.txt — tavsifga qo'yiladigan «0:00 …» ro'yxati
Muqova<nom>_muqova.jpg — tanlangan sahnadan kadr
Ovozsiz sahnaovoz fayli yo'q sahnaning uzunligi (soniya)
Saqlash joyiloyiha ichida km_montaj_chiqish/ yoki o'zingiz tanlagan papka
«Ko'rinish» bo'limi: o'tish effektlari galereyasi
O'tishlar galereyasi

7. Sinov va montaj

  1. «Sinov (5 sahna)» — birinchi 5 sahnani tez rejimda yig'adi (odatda 1–2 daqiqa). Subtitr, o'tish va musiqa balandligini shu yerda tekshirib oling.
  2. «Montajni boshlash» — to'liq video. Pastki panelda bosqich (sahnalar, o'tishlar, subtitr, ovoz) va taxminiy qolgan vaqt ko'rinadi (qaysi bo'limda bo'lsangiz ham); jarayonni istalgan payt to'xtatish mumkin.
  3. Tayyor bo'lgach — pastki panelda «Ochish» va «Papkada ko'rsatish»: <nom>_montaj.mp4 va yoqilgan bo'lsa .srt, _bolimlar.txt, _muqova.jpg.

Tezlik kompyuterga bog'liq. Video karta kodlashni bir necha barobar tezlashtiradi. Eng sekin qism — qisqa klipni silliq sekinlashtirish (oraliq kadrlar qo'shiladi); qoralama uchun «Tez rejim» — ancha tez, sifati biroz past. Dastur natija uzunligini sahnalar yig'indisi bilan solishtiradi va farq bo'lsa ogohlantiradi.

Montaj jarayoni: bosqich va qolgan vaqt
Jarayon: bosqich va qolgan vaqt
Tayyor video: fayl, hajm, «Ochish» va «Papkada ko'rsatish»
Tayyor: MP4 va qo'shimcha fayllar

8. Muammolar va yechimlar

«Pro obuna kerak» chiqyapti

Bu hisobda Pro + Montaj ham, tekin sinov ham yo'q — oddiy 💎 Pro tarifiga KM Montaj kirmaydi. Pro + Montaj oling (Pro'ning qolgan kunlari yo'qolmaydi), keyin dasturda qayta tekshiring. Boshqa Google hisob bilan to'lagan bo'lsangiz — «Boshqa hisob bilan kirish».

«Kompyuterlar limiti» yoki «Bu kompyuter band»

Bitta hisob 3 ta kompyuterda ishlaydi: ro'yxatdan keraksizini «Uzish» (7 kunda 3 martagacha). «Bu kompyuter band» — shu kompyuterda allaqachon 2 ta boshqa hisob ishlatilgan: @KMStudioPro_bot orqali adminga yozing.

«Bu raqamli sahnalar umuman yo'q»

Ketma-ketlikda raqam tushib qolgan (masalan 1, 2, 4). Fayl nomlarini tekshiring va yetishmagan sahnani qo'shing.

«Rasm ham, video ham yo'q»

Shu raqamli ovoz bor, lekin rasm yoki klip yo'q — bunday sahna videoga kirmay, ovozi yo'qolardi. Rasm yoki klip qo'shing yoki ortiqcha ovoz faylini olib tashlang.

«Klip ovozdan juda qisqa»

Klip ovoz uzunligiga yetkazish uchun 2,5 martagacha sekinlashtiriladi; undan ham qisqa bo'lsa oxirgi kadr to'xtab turadi. Uzunroq klip oling yoki shu sahna ovozini qisqartiring.

«Subtitr uchun matn topilmadi»

Papkaga segments/*.json yoki senariy.txt qo'ying yoki matn faylini qo'lda tanlang (5-bo'lim).

Tekin ovoz ishlamayapti yoki juda sekin

Tekin variant — Microsoft'ning bepul ovoz xizmati: ba'zan band bo'ladi yoki sekinlashadi. Birozdan keyin qayta urinib ko'ring (tayyor ovozlar saqlanib qoladi, faqat yetishmaganlari yaratiladi) yoki sifatli variantga o'ting (4-bo'lim).

Sifatli ovoz: «kalit noto'g'ri» yoki «kredit yetarli emas»

Kalitni OpenRouter'dagi Keys sahifasidan qayta nusxalab, «Saqlash va tekshirish» ni bosing. Kredit tugagan yoki kalit limiti to'lgan bo'lsa — Credits dan to'ldiring yoki limitni oshiring. Ovozi chiqmagan sahnalarni keyin qayta yaratish mumkin — tayyorlari saqlanib qoladi (4-bo'lim).

Litsenziya muddati o'tgan yoki internet yo'q

Dastur oxirgi tekshiruvdan keyin 3 kungacha internetsiz ishlaydi. Internetga ulanib dasturni qayta oching — litsenziya o'zi yangilanadi. Obuna tugagan bo'lsa — uzaytiring.

«Soat noto'g'ri»

Kompyuter vaqti orqaga surilgan. Windows sozlamalarida «Vaqtni avtomatik o'rnatish» ni yoqing va dasturni qayta oching.

Video karta ishlamadi — protsessorga o'tdi

Kodlash «Avto» bo'lsa dastur ishlaydigan birinchi kodlagichni tanlaydi; video karta xato bersa o'zi protsessorga o'tadi va ogohlantiradi — video tayyor bo'laveradi, faqat sekinroq. Video karta drayverini yangilang.

Montaj juda sekin

Sinab ko'rish uchun «Tez rejim» va 1080p; video kartadan foydalaning; og'ir dasturlarni yoping. Eng ko'p vaqtni klipni sekinlashtirish oladi — klip ovozga yaqin uzunlikda bo'lsa tezroq.

Windows yoki antivirus dasturni to'xtatdi

1-bo'limdagi yo'riqnoma: «Qo'shimcha ma'lumot» → «Baribir ishga tushirish». Antivirus o'chirib yuborsa — faylni faqat shu sahifadan yuklaganingizni tekshirib, istisnolarga qo'shing.

Natija qayerga saqlandi?

Standart — loyiha papkasi ichidagi km_montaj_chiqish/. Shu nomli fayl bo'lsa yangisiga «(2)» qo'shiladi. Tayyor bo'lgach pastki paneldagi «Papkada ko'rsatish» uni ochadi; boshqa joyni «Chiqarish» bo'limida tanlash mumkin.

Hal bo'lmasa — xato matni skrinshotini @KMStudioPro_bot ga yuboring.

9. Yangilash

Dastur yangi versiya chiqqanini o'zi tekshiradi va o'zi yangilanadi (0.5.9 dan boshlab):

  1. «Yangi versiya tayyor» oynasida «Hozir yangilash» ni bosing (yoki tepadagi «Yangilash» tugmasi).
  2. O'rnatuvchi dastur ichida yuklanadi — foiz, tezlik va qolgan vaqt ko'rinadi; fayl SHA-256 bilan tekshiriladi.
  3. Dastur o'zi yopiladi, yangi versiya o'rnatiladi va bir daqiqa ichida qayta ochiladi — «Nima yangi» oynasida nima o'zgargani ko'rsatiladi (keyin ham chap paneldagi «Nima yangi»).

0.5.8 yoki eskiroq versiya bo'lsa — bir marta qo'lda: shu sahifadan o'rnatuvchini yuklab oling (Chrome to'xtatsa — 1-bo'limdagi yo'riqnoma) va ishga tushiring: ochiq dasturni o'zi yopadi, eski versiya ustiga o'rnatadi va qayta ochadi. Keyingi yangilanishlar dastur ichida.

Portativ ZIP'da — ichidan yangilanmaydi: yangi arxivni yangi papkaga chiqarib, eskisini o'chiring. Hisob, litsenziya va sozlamalar Windows foydalanuvchi profilingizda saqlanadi — yangilaganda o'chmaydi. Juda eski versiya ishlashdan oldin yangilashni talab qilishi mumkin. Obuna davomida yangilanishlar bepul.

Maxfiylik

Videolaringiz kompyuteringizda qoladi

💻 Lokal montaj

Montaj to'liq kompyuteringizda (FFmpeg bilan) bajariladi: rasm, video, ovoz va matnlaringiz hech qayerga yuklanmaydi.

🔑 Faqat litsenziya

Obunani tekshirishda hisob kaliti, kompyuterning bir tomonlama xesh identifikatori, kompyuter nomi va dastur versiyasi yuboriladi — «3 ta kompyuter» cheklovi uchun.

🎙 AI ovoz

Faqat «Ovoz yaratish» ni ishlatsangiz: diktor matni tekin variantda Microsoft'ning ovoz xizmatiga, sifatli variantda o'z kalitingiz bilan OpenRouter va Google'ga, ularning shartlari asosida yuboriladi. KM serverlariga hech narsa ketmaydi.

Litsenziya shartlari — Shartlar, 7-bo'lim; uchinchi tomon xizmatlari — 9-bo'lim; umumiy qoidalar — Maxfiylik siyosati.