KM StudioBatch studio · Google Flow
Hujjat · Maxfiylik

KM Studio — Maxfiylik siyosati

Oxirgi yangilanish: 2026-yil 7-oktabr English Google Limited Use

KM Studio — Google Flow'da rasm va video generatsiyasini partiyalab bajaradigan Chrome kengaytmasi. Bu hujjat kengaytma qanday ma'lumot yig'ishini, nima uchun yig'ishini va nimani yig'MASLIGINI tushuntiradi. Hujjat KM Montaj desktop dasturiga ham taalluqli (1-d bo'lim).

Eng qisqa javob: biz sizning promptlaringizni, yaratgan rasm va videolaringizni ko'rmaymiz va saqlamaymiz. Ular brauzeringiz bilan Google Flow o'rtasida qoladi. Ishlatishdan serverimizga faqat ish statistikasi — sonlar boradi: rejim, promptlar soni, nechtasi chiqqani va vaqti (1-b bo'lim). Yagona istisno — o'zingiz yuboradigan xato hisoboti (1-v bo'lim). Prompt hamma tarifda cheksiz; pullik Pro va Pro + Montaj tariflari qo'shimcha imkoniyatlarni ochadi (1-g, 1-d bo'limlar).

1. Qanday ma'lumot yig'iladi

a) Google hisobi bilan kirganingizda

Kirish faqat Google orqali amalga oshadi. Google bizga quyidagilarni beradi:

Ma'lumotNima uchun kerak
Google hisobingizning doimiy identifikatori Hisobingizni tanish. ⭐ Biz aynan shu identifikatorga tayanamiz, emailga emas — shuning uchun Gmail manzilingizni o'zgartirsangiz ham hisobingiz va obunangiz saqlanib qoladi
Email manzilHisobni ko'rsatish, obuna va to'lov bo'yicha bog'lanish
Ism va profil rasmiKengaytma panelida kim sifatida kirganingiz ko'rinishi uchun

Biz Google'dan faqat openid, email va profile ruxsatlarini so'raymiz. Gmail xatlaringiz, Google Drive fayllaringiz, kontaktlaringiz, kalendaringiz va boshqa hech qanday Google ma'lumotingizga bizning kirish huquqimiz yo'q — texnik jihatdan ham imkonsiz.

Parolingizni biz hech qachon ko'rmaymiz va saqlamaymiz: parolni faqat Google o'zining sahifasida qabul qiladi.

b) Kengaytma ishlashi uchun

Ma'lumotNima uchun kerak
O'rnatish identifikatori (install_id) — kengaytma o'rnatilganda yaratiladigan tasodifiy raqam Shu kompyuterni tanish: bir martalik tekin Pro sinovi har kompyuterga faqat BIR marta berilishi va hisobga kirmaganlar ishlatishini sanash uchun
Qurilma nomi — operatsion tizim va brauzer versiyasi (masalan «Windows · Chrome 141») Bir hisobga ulangan qurilmalar ro'yxatini ko'rsatish va ularning sonini cheklash (obuna tarqalishining oldini olish)
Kunlik generatsiya soni (faqat raqam) Foydalanish statistikasi (kunlik limit qayta yoqilsa — uni hisoblash)
Ish statistikasi (faqat sonlar): kengaytma versiyasi, o'rnatish identifikatori, hisob identifikatori (kirgan bo'lsangiz) va har ish bo'yicha — rejim (masalan «Matn → Rasm», «Rasm → Video»), promptlar soni, nechtasi chiqqani va chiqmagani, ish davomiyligi Xizmat statistikasi, limitlar va yordam. Prompt matni, rasm, video, fayl nomlari va sahifa mazmuni yuborilmaydi. Sotilmaydi va reklamada ishlatilmaydi; kunlik yig'ma ko'rinishda saqlanadi
Sinov belgilari: Google hisob identifikatori va o'rnatish identifikatori (ikkalasi yuqorida), hamda tarmoq manzilingizning maxfiy kalitli bir tomonlama xeshi (HMAC) (IPv4 manzil yoki IPv6 /64 — manzilning o'zi saqlanmaydi) Tekin Pro sinovini faqat bir marta berish va bir odam ko'p hisob bilan sinov yig'masligi uchun. Hisob turguncha saqlanadi; tarmoq xeshi faqat 30 kun ichida solishtiriladi
Oxirgi faollik (o'rnatish boshiga bitta yozuv — har safar yangisi bilan almashadi): vaqt, qaysi hisob, kengaytma versiyasi, mamlakat (tarmoq manzilidan aniqlanadi — manzilning o'zi saqlanmaydi), oxirgi ishning rejimi va sonlari; qurilma yoki uzish limitiga urilgan vaqtlar Hozir nechta foydalanuvchi ishlayotganini ko'rish va obunaning bir necha kishi o'rtasida ulashilishini (bir vaqtda bir necha kompyuterda yoki bir kunda turli mamlakatdan ishlatilishini) aniqlash. Avtomatik bloklanmaydi — administrator ko'rib chiqadi va avval ogohlantiradi. Limitga urilish yozuvlari 8 kunda o'chadi
Administrator xabari — faqat administrator sizga ogohlantirish yuborsa: xabar matni, yuborilgan vaqti va siz «Tushundim» bosgan vaqt Xabarni kengaytma panelida (Telegram bog'langan bo'lsa — botda ham) ko'rsatish va o'qilganini bilish
Telegram chat ID — faqat botda Telegramni ulasangiz To'lov va obuna xabarlari; botga yozgan murojaatingizga javob
To'lov identifikatori va summasi — faqat obuna sotib olsangiz To'lovni tasdiqlash va obunani faollashtirish
O'rnatish statistikasi: o'rnatish identifikatori, kengaytma versiyasi, brauzer turi (Chrome yoki Edge), mamlakat (tarmoq manzilidan aniqlanadi — manzilning o'zi saqlanmaydi) va, bo'lsa, reklama havolasi belgisi (utm) Reklama manbasini o'lchash uchun: nechta o'rnatish hisobga kiradi va to'lovgacha yetadi (faqat umumiy sonlar)
Reklama havolasi (kontent-markazi.pages.dev/km) bosilganda: tarmoq manzilingizning maxfiy kalitli kunlik xeshi va utm belgisi; brauzeringizda 30 kunlik km_utm cookie'si (faqat bizning saytimizniki) Havola bosilishini sanash (bir kunda bir marta) va to'lov sahifasida reklama manbasini bilish. IP manzilingiz saqlanmaydi

To'lov karta ma'lumotlaringiz (karta raqami, muddati, CVV) bizning serverimizga umuman kelmaydi — ularni to'lov tizimining o'zi qabul qiladi.

v) Faqat xato hisoboti yuborsangiz yoki yordamga yozsangiz

Ma'lumotNima uchun kerak
Xato hisoboti — faqat kengaytmada «Xato haqida xabar berish» tugmasini bosib, tasdiqlaganingizda yuboriladi: kengaytma versiyasi, interfeys tili, kengaytma jurnalining oxirgi qismi (unda prompt sarlavhasi yoki matni va fayl nomlari bo'lishi mumkin), panel sozlamalari va brauzer user-agent'i Dasturchi xato sababini topishi uchun. Hisobot serverimizda ko'pi bilan 7 kun saqlanadi va dasturchining Telegram chatiga fayl sifatida yetkaziladi. Tugmani bosib tasdiqlamasangiz, hech narsa yuborilmaydi
Yordam xabarlari — @KMStudioPro_bot botida «Adminga yozish» dan keyin yozgan yoki biriktirgan narsalaringiz; murojaat yozuvi (Telegram chat ID, murojaat raqami, hisobingiz emaili va tarifi, vaqtlar) Xabaringizni dasturchiga yetkazish va javobni sizga qaytarish uchun. Murojaat yozuvlari ko'pi bilan 180 kun saqlanadi
Bot javob topa olmagan yordam savollari (savol matni, Telegram chat ID, til; faqat oxirgi 300 tasi) Qo'llanma javoblarini yaxshilash uchun

g) Bepul, Pro va Pro + Montaj tariflari

Prompt hamma uchun cheksiz. Pullik Pro tarif qo'shimcha funksiyalarni ochadi (rasm 2K/4K va video 1080p/4K upscale — 1080p uchun Google AI obunasi, 4K uchun Ultra kerak; fonda upscale, parallel rasm (standart 2), galereya ZIP, xato promptlarni avtomatik qayta yuborish, ustuvor yordam); Pro + Montaj tarifi bularga KM Montaj dasturini qo'shadi (1-d bo'lim). Google bilan kirsangiz Pro'ni bir marta tekin sinab ko'rishingiz mumkin — karta so'ralmaydi, o'zi tugaydi. Sotuvchi — KM Studio, Google emas. Tariflar, sinov muddati, sotuv va qaytarish shartlari: kmstudiopro.pages.dev/shartlar.

d) KM Montaj dasturi

KM Montaj (Pro + Montaj tarifi) videoni kompyuteringizning o'zida yig'adi: rasm, klip, ovoz va matnlaringiz lokal qayta ishlanadi va bizning serverimizga umuman yuklanmaydi.

Ma'lumotNima uchun kerak
Litsenziya tekshiruvi: hisob kaliti, kompyuter identifikatorining bir tomonlama xeshi (Windows MachineGuid'dan olinadi), kompyuter nomi va dastur versiyasi Litsenziyani shu kompyuterga berish va hisobga 3 ta kompyuter cheklovini yuritish; kompyuterlaringizni dasturda ko'rib, uzishingiz mumkin. Hisob turguncha saqlanadi
Dasturni yuklab olishlar soni va litsenziya faollashtirishlari (hisob va kompyuter bo'yicha) Xizmat statistikasi va 3 ta kompyuter cheklovi (yuqoridagi litsenziya yozuvi)
AI ovoz («🎙 Ovoz yaratish», ixtiyoriy) — bizga hech narsa kelmaydi Tekin variantda sahna matni Microsoft'ning ovoz xizmatiga (Edge ovozlari), sifatli variantda kompyuteringizdan to'g'ridan-to'g'ri OpenRouter'ga (va u orqali Google Gemini TTS'ga) o'zingizning OpenRouter kalitingiz bilan yuboriladi va ularning shartlari asosida qayta ishlanadi. Kalit faqat kompyuteringizda, shifrlangan holda saqlanadi

2. Nima YIG'ILMAYDI

3. Kengaytma ruxsatlari nima uchun so'raladi

RuxsatNima uchun
debugger Google Flow'ning matn maydoni oddiy dasturiy yozuvni qabul qilmaydi — promptni kiritishning texnik jihatdan yagona ishlaydigan yo'li shu. U faqat Google Flow sahifasida va faqat siz «Boshlash» tugmasini bosganingizda ishlatiladi
downloads Tayyor rasm/videoni to'g'ri raqam bilan nomlab yuklab olish
storage Sozlamalaringizni va kirish holatini brauzeringiz ichida saqlash
identity Google bilan kirish oynasini ochish
tabs Google Flow varag'i ochiqligini bilish va uni faollashtirish. Boshqa varaqlaringizning manzili o'qilmaydi va hech qayerga yuborilmaydi
sidePanel Kengaytmaning o'z yon panelini ochish (butun ishchi oyna shu panelda)
notifications Uzun navbat tugaganda brauzer bildirishnomasi — boshqa ish bilan band bo'lsangiz ham xabar yetsin
host_permissions labs.google va flow.google.com — ish shu yerda bajariladi; flow-content.google — siz yaratgan rasm va videolar turgan Google Flow ombori (faqat ularni kompyuteringizga saqlash va galereya ZIP uchun o'qiladi); kontent-markazi.pages.dev va km-studio-api…workers.dev — bizning serverimiz (hisob, tarif, sinov). Boshqa saytlarga kirish huquqi YO'Q

3-bis. Google foydalanuvchi ma'lumotidan cheklangan foydalanish (Limited Use)

KM Studio ning Google API'laridan olingan ma'lumotdan foydalanishi va uni uzatishi Google API Services User Data Policy ga, jumladan Limited Use talablariga to'liq mos keladi.

Aniq qilib aytganda, Google hisobingizdan olinadigan ma'lumot (openid, email, profile):

Promptlaringiz, rasm va videolaringiz Google API ma'lumoti EMAS — ular brauzeringiz bilan Google Flow o'rtasida qoladi va bizning serverimizdan o'tmaydi — o'zingiz yuborgan xato hisobotidagi jurnal parchasi bundan mustasno (1-v).

4. Ma'lumot kimlarga beriladi

Biz ma'lumotingizni hech kimga sotmaymiz va reklama maqsadida ishlatmaymiz. Ular faqat quyidagi xizmatlar orqali o'tadi:

Qonun talab qilgan holatlarda rasmiy so'rov asosida ma'lumot berilishi mumkin.

5. Xavfsizlik

6. Qancha vaqt saqlanadi

7. Sizning huquqlaringiz

Istalgan vaqtda quyidagilarni so'rashingiz mumkin:

Buning uchun quyidagi manzilga yozing. Hisobni o'chirish so'rovi 30 kun ichida bajariladi.

8. Bog'lanish

📧 behzodbekolimov@gmail.com

9. O'zgarishlar

Bu siyosat o'zgarsa, yuqoridagi «Oxirgi yangilanish» sanasi yangilanadi va muhim o'zgarish bo'lsa kengaytma ichida xabar beriladi.


Document · Privacy

KM Studio — Privacy Policy

Last updated: 7 October 2026Full English version →

KM Studio is a Chrome extension that runs batch image and video generation on Google Flow. This document explains what data the extension collects, why, and what it does not collect.

Short version: we do not see or store your prompts or the images and videos you generate. Those stay between your browser and Google Flow. From your work our server receives only usage statistics — numbers: the mode, the number of jobs, how many succeeded or failed and the run time (prompts are unlimited) — plus a problem report, only if you choose to send one.

1. Data we collect

From Google Sign-In: your Google account's stable identifier, email address, name and profile picture. We request only the openid, email and profile scopes. We have no access to your Gmail, Drive, Contacts, Calendar or any other Google data. We never see or store your password.

For the service to work: a random installation identifier, a device label (operating system and browser version), your daily generation count, free-trial markers (account and installation identifiers plus a keyed one-way hash (HMAC) of your network address — so the one-time free Pro trial is given only once), install statistics to measure where installs come from (installation identifier, extension version, browser type, country derived from the network address, and an ad-link utm tag if any; a keyed daily hash of the network address when an ad link is clicked — the address itself is not stored), your Telegram chat ID if you link Telegram, and — only if you purchase a subscription — the payment transaction identifier and amount. Card details never reach our servers; they are handled by the payment provider. Terms of sale and refunds: kmstudiopro.pages.dev/shartlar.

Usage statistics: the extension version, the installation identifier, your account identifier if you are signed in, and per run — the mode (e.g. text → image, image → video), the number of jobs, how many succeeded or failed, and the run duration. Prompt text, images, videos, file names and page content are not sent. Used for service statistics, limits and support; not sold, not used for advertising; kept as daily aggregates.

Account-sharing protection: for each installation we keep only its latest activity (time, account, extension version, country derived from the network address — the address itself is not stored — and the mode and counts of the last run), plus the times a device or disconnect limit was hit (deleted after 8 days). This shows how many people are active right now and helps spot a subscription shared between several people. Nothing is blocked automatically — the administrator reviews it and warns you first; a warning's text and the time you read it are stored and shown in the extension panel (and via the Telegram bot, if linked).

KM Montaj (desktop app): for the licence check — your account key, a one-way hash of the computer identifier, the computer name and the app version; app downloads are counted and licence activations are recorded per account and computer. Your project files never leave your computer; with the optional AI voice feature the scene text goes directly to Microsoft (free voices) or, with your own OpenRouter key, to OpenRouter and Google, under their terms.

2. What we do NOT collect

Your prompts; the images and videos you generate; your browsing history; your passwords; any data from other Google services.

Only if you choose to: pressing «Report a problem» in the extension and confirming sends the extension version, language, settings, browser user-agent and the latest part of the extension's log (which can contain prompt text and file names) to our server, where it is kept for up to 7 days and delivered to the developer's Telegram. Messages you send to the support bot @KMStudioPro_bot are forwarded to the developer; ticket records are kept for up to 180 days.

3. Extension permissions

debugger — the only technically working way to enter text into Google Flow's editor; used only on the Google Flow page and only when you start a batch. downloads — to save results with correct file names. storage — to keep your settings inside your browser. identity — to open the Google sign-in window.

4. Sharing

We do not sell your data and do not use it for advertising. It passes only through Google (authentication), Cloudflare (hosting and database, stored in the Eastern Europe region), the payment provider (only if you subscribe), Telegram (only if you contact support or send a problem report) and — only if you generate AI voices in KM Montaj — Microsoft, or OpenRouter and Google with your own key, directly from your computer. We may disclose data if required by law.

5. Security

All traffic is encrypted over HTTPS. The one-time sign-in code is stored only as an irreversible hash, lives for 2 minutes and works once. The extension then keeps an account key that is sent in a request header (never in the address) and can be revoked at any time on request. We store no passwords at all.

6. Retention and your rights

Account data is kept until you ask us to delete it; deletion requests are completed within 30 days. You may request a copy of your data, full deletion of your account, or disconnect a device (which you can also do yourself in the extension's Devices section).

7. Contact

📧 behzodbekolimov@gmail.com