Flow'da rasm va video — navbat bilan
KM Studio Pro promptlaringizni Google Flow'ga navbat bilan yuboradi va natijalarni to'g'ri nom bilan o'zi yuklab oladi — rasm ham, video ham. Google cheklasa — kutadi, sekinlashadi, keyin sizdan so'raydi.
🎁 Google bilan birinchi kirishda — 3 kun Pro tekin, KM Montaj ham · karta so'ralmaydi
Chrome 116 yoki yangiroq · bepul tarifda ham prompt cheksiz
Nima qiladi
Hammasi sizning Google Flow hisobingizda va kreditlaringiz bilan ishlaydi — kengaytma Flow'ni o'zi generatsiya qilmaydi.
100+ promptni bir marta qo'yasiz — ketma-ket yuboradi. Pauza, o'tkazish, «dan–gacha»; promptlarni .md .txt .csv .xlsx fayldan ham olish mumkin.
Matn → Rasm, Personaj → Rasm, Rasm → Rasm, Matn → Video, Rasm → Video va Personaj yaratish.
Har natija o'z prompti sarlavhasi bilan tushadi: 1-IMAGE-Kran-va-stakan.jpeg, 1-VIDEO.mp4 — qayta nomlash kerak emas.
Rasmlar raqami bo'yicha o'z promptiga tushadi (7.jpg → 7-prompt). Kadr rejimi: start, start + end yoki zanjir.
Sarlavhadagi refs: ID bo'yicha Flow personaji promptga o'zi biriktiriladi; skaner Flow kutubxonasini o'qiydi.
Jonli hisoblagich, «Faqat xatolar» — chiqmaganlarini qayta yuborish; CSV hisobot hammaga bepul.
Rasm 2K/4K, video 1080p/4K upscale — fonda, keyingi prompt kutmaydi. 1080p uchun Google AI obunasi, 4K uchun Ultra kerak.
Bir vaqtda bir nechta rasm prompti (standart 2); har natija baribir o'z raqamiga tushadi.
Natijalar ish bo'yicha; hammasini bitta arxivda yuklab olish, xatolarni navbat oxirida avtomatik qayta yuborish.
Parol so'ralmaydi — Google oynasida hisobni tanlaysiz. Bitta hisob 5 ta qurilmada.
O'zbek, rus, ingliz, turk, ispan, portugal va indonez tillarida.
Flow «unusual activity» desa, KM Studio uni chetlab o'tmaydi: kutadi, parallelni 1 ga tushiradi, takrorlansa navbatni pauzaga qo'yib sizdan so'raydi.
🔒 Promptlaringiz, rasm va videolaringiz bizning serverimizga yuborilmaydi — ular brauzeringiz bilan Google Flow o'rtasida qoladi (o'zingiz yuborgan xato hisoboti bundan mustasno). Batafsil — maxfiylik siyosati.
Qanday boshlanadi
- O'rnating
Chrome Web Store dan o'rnating va asboblar panelidagi KM Studio belgisini bosing — o'ngda yon panel ochiladi.
- Promptlarni qo'ying
Google Flow'ni oching, rejimni tanlang va promptlarni maydonga tashlang yoki fayldan yuklang:
1 — Nomsarlavhasi, keyingi qatorda matn. - «Boshlash»
Panel promptlarni navbat bilan yuboradi; natijalar Downloads ichidagi papkangizga raqamlab tushadi. Ish davomida panelni yopmang.
🎬 Tushgan fayllardan — tayyor video bir tugmada
KM Studio'dan tushgan 1.jpeg, 1.mp4, 1.wav fayllarni KM Montaj o'zi taniydi va tayyor MP4 yig'adi.
- Ken Burns, 34 xil o'tish, 10 uslubli subtitr
- Musiqa gap paytida pasayadi, balandlik YouTube standartida (−14 LUFS)
- Ovoz fayli yo'q bo'lsa — AI ovoz: tekin yoki sifatli
Bepul boshlang
Savol bormi?
Yordam markazida savol-javob va video qo'llanmalar; javob topilmasa — botga yozing.